Hademay yoz fasli ham kirib keladi. Demak, maşinalarni mutaxassislar körigidan ötkazib, uning sovutgiç tizimlarini közdan keçiriş maqsadga muvofiq. Ammo, bu borada yana bir usul bor. Siz tomi yöq, ya'ni kabriolet avtomobil xarid qilişingiz mumkin. Amerikaning Indianapolis şahrida bölib ötadigan Mecum kimoşdi savdosida uşbu rusumdagi maşinalarning eng noyoblari va ajoyiblarini uçratiş, yoqib qolganini xarid qiliş mumkin böladi. 16-21 may kunlari bölib ötadigan savdolarda 4 mln dollarlik 1933 yilda işlab çiqarilgan «Dyuzenberg» hamda birmunça arzonroq va 1960-yillarda işlab çiqilgan maşinalar namoyiş etiladi.
Plymouth Prowler, 1999

Ikki eşikli retrorodster 1997-2002 yillarda çeklangan miqdorda işlab çiqilgan bölib, narxi 40-50 ming dollar turadi.
Chrysler 300H, 1962

1962 yilda işlab çiqilgan 123 dona kabrioletlardan biri 300N (380 ot kuçiga ega V8 motorli, rulning gidrokuçaytirgiçi va tugmaçali avtomat uzatmalar qutisi). Narxi taxminan 90-110 ming dollar turadi.
Studebaker Super Lark Daytona Convertible, 1963

Amerikaning afsonaviy modelining 4,7 metrlar keladigan «ixçam» namunasi 1967 yilda töxtatilgan. Avanti R2 289 CI V8 dvigateli 225 ot kuçiga teng, uzatmalar qutisi avtomatik. Narxi 90-100 ming dollar atrofida.
Buick GS Stage 1, 1970

Model nomidagi harflar Gran Sport deb talqin qilingan edi. Bu maşinalar General Motors korporatsiyasining masl-karlar bozoridagi asosiy namoyandalari edi. 360 ot kuçiga ega va töliq ta'mirlangan uşbu maşina 175-200 ming dollarga baholanmoqda.
Chrysler New Yorker Convertible, 1960




























