Aprel oyining sönggi haftasida Samsung kompaniyasi ilğor smartfonlarining Rossiyadagi savdosi 54,9 foizni taşkil etgan, Apple kompaniyasi Rossiya mobil telefonlar bozorida 43,4 foiz uluşga ega bölgan. GfK kompaniyasi ma'lumotlari şundan darak bermoqda.
Bir yil muqaddam, "Yevroset" kompaniyasi ma'lumotlariga köra, Galaxy S7 smartfoni sotilişi boşlanganida Samsung bozorda 41 foiz uluşga ega bölgan. Apple körsatkiçi 57 foizni taşkil etgan. 2015 yilda bu nisbat Apple foydasiga 74ga 24dan iborat bölgan.
E'tiborli jihati şundaki, Samsung telefonlari savdosi Galaxy S8 va S8+ smartfonlari Rossiya bozorida paydo bölmasdan avvalroq kötarila boşlagan. Aprel oyi örtalariga kelib, bu raqam 9 foizga oşgan, oy oxirida bu farq oz emas, köp emas 35 foizni taşkil etgan. Apple savdo hajmi esa 24 foiz tuşib ketgan.
"Finama" firmasi tahlilçisi Timur Nigmatullinga köra, vaziyatni iqtisodiy sabablar bilan izohlaş mumkin.
“Rubl kursining mustahkamlanişi va kredit oliş osonligi qimmat qurilmalarga bölgan talabning oşişiga olib keldi”, — degan Nigmatullin "Kommersant" naşriga.
Biroq, Mobile Research Group yetakçi tahlilçisi Eldor Murtazinning fikriça, bugungi kunda iPhone telefonlari Samsung mahsulotlariga deyarli har jabhada, qiymat va texnik tavsiflar borasida ham imkkoniyatni boy bermoqda.
“Apple uluşi yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu allaqaçon trendga aylangan. Apple qurilmalari Samsung telefonlariga köpgina texnik tavsiflari böyiça yutqazmoqda. Qolaversa, foydalanuvçilar bir xil dizayndan zerikişdi”, — degan fikrni ilgari surmoqda Eldor Murtazin.
Uning fikriça, Apple yangi iPhone paydo bölguniça Samsung kompaniyasiga örnini böşatib beradi.












