Bugatti avtomobilsozlik kompaniyasi Dubayda özining eng katta şou-rumini oçdi. Al Habtoor Motors deb nomlangan bu dilerlik markazi şaharning markazida joylaşgan, uning umumiy maydoni 240 kvadrat metrdan köproqni taşkil qiladi.
Şou-rum Dubayning eng asosiy va eng uzun köçasi – şayh Zayd şossesida oçildi. Suratlardan körinişiça, uning modellar namoyiş qilinadigan qismi faqatgina bitta avtomobilga möljallangan. Şo-rumga kiriş Bugatti radiatorining panjarasi uslubida bezalgan.

Xonada katta divan, Bugatti asosçisi Ettore Bugattining ukasi Rembrandt Bugatti yaratgan maşhur haykalça – raqs tuşayotgan filça va markaning turli davrlarga tegişli avtomobillari modelçalari joylaştirilgan. Bundan taşqari, şou-rumda "Şiron"ning modelçasi ham mavjud.

2017 yil boşlarida Bugatti işlab çiqarişi rejalaştirilgan 500 ta Çiron’dan yarmini sotib bölgani ma'lum qilingandi. Buning uçun bir yil talab qilingan. Kompaniya 2017 yilda bu modeldan 70 dona işlab çiqarmoqçi.

Uşbu giperkar 1500 ot kuçiga ega W16 dvigateli, 7 poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada, 200 km/soat tezlikka 6,5 soniyada, 300 km/soat tezlikka esa 13,6 soniyada erişa oladi. Maşinaning maksimal tezligi soatiga 420 km ni taşkil qiladi.













