Forbes.kz naşri Qozoğistonning 2017 yil uçun eng badavlat 50 nafar tadbirkori röyxatini e'lon qildi.
Qozoğistonning eng boy 5 nafar fuqarosi röyxatiga Vladimir Kim, Bulat Utemuratov, er-xotin Kulibayevlar va Alijon Ibragimov kirdi.

Reytingning birinçi örnida yirik qozoq tadbirkori, rangli va qimmatbaho metallar qazib oliş va qayta işlaş bilan şuğullanuvçi «KAZ Minerals» guruhi prezidenti hamda yirik aksiyadori, "Xolding Kazaxmys" prezidenti Vladimir Kim joylaşdi. Uning davlati 2,5 mlrd. AQŞ dollariga baholangan.
Qozoğistonning eng badavlat tadbirkori Janubiy Qozoğiston viloyatining Maqtaorol tumani Mirzakent posyolkasida 1960 yilning 29 oktabr kuni tuğilgan. Kim 1982 yilda Olmaota arxitektura-quriliş institutini tamomlagan. 1998 yilda AQŞda biznes va ma'muriy boşqaruvçilik böyiça falsafa doktori ilmiy unvonini olgan.

Röyxatning ikkinçi poğonasini Qozoğiston tennis federatsiyasi prezidenti, ITF (Xalqaro tennis federatsiyasi) direktorlar kengaşi a'zosi, tadbirkor, diplomat Bulat Utemuratov egalladi. Uning davlati - 2,4 mlrd. AQŞ dollari.

Uçinçi va törtinçi örinlarda esa er-xotin Kulibayevlar joylaşdi. 50 yoşli Timur Kulibayevning davlati 2,2 mlrd. AQŞ dollariga baholangan. Timur Kulibayev – qozoğistonlik tadbirkor, davlatdagi neftgaz va energetik sohadagi qator korxonalarni öziga birlaştirgan Kazenergy assotsiatsiyasi raisi. 49 yoşli Dinara Kulibayeva esa – Qozoğistonning eng boy ayoli, Qozoğiston Xalq banki aksiyadori. U Nursulton Nazarboyev nomidagi Milliy ta'lim jamğarmasiga rahbarlik qiladi. Dinara Kulibayevaning davlati – 2,2 mlrd. AQŞ dollari.












