Insoniyatning yöq bölib ketişi haqida söz oçilsa, masala öz-özidan biror-bir resursning yetişmasligi yoki uning çeklanganligiga borib taqaladi. Biroq möl-kölçilikni ham ba'zida nazariy röyxatiga qöşib bölmaydi va «odamlarning haddan ziyod köpayganligi» tuşunçasi bu fikrni boşqalariga nisbatan yorqinroq ifodalaydi. 7 milliardlik hisobga ega insoniyat hozir ham ahyon-ahyonda özini bozorda idiş-tovoq rastasiga kirib qolgan fil kabi tutadi, boz ustiga, iştahasi ham karnay, ham şinamlikni sevadi. Umuman, hamma narsa ham şunga boğliqmikan? Mana, biz nimalarni aniqladik:

Çaynaş uçun ikki ajoyib iqtibos

Kunlardan birida Londondagi atrof muhit muammolari xalqaro instituti katta ilmiy xodimi Devid Sattervayt şu mavzuga oid intervyu bera turib, dedi: «Muammo sayyoramizdagi insonlarning sonida emas, iste'molçilarning soni va ular iste'mol qilayotgan narsalarning miqyosida». Juda töğri fikr, boz ustiga, bir neça ön yil avval Gandi oddiyroq sözlar bilan tuşuntirgan fikrga töla mos: «Dunyoda har bir insonning talabini qondirişga yetarli narsa bor, lekin oçközligini heç kim heç qaçon qondira olmaydi». Ya'ni, heç kim oçlikdan ölmaydi, oçközlikdan ölişi mumkin.

Yadroviy demografik portlaş

Falsafa söqişni bir çetga yiğiştirsak-da, sönggi asrda demografik egri çiziq qanday şoşqaloqlik bilan tepaga intilayotganidan sözlovçi quruq sonlarga murojaat qilsak. Masalan, «allaqanday» 10.000 yil avval Yer aholisi ikki million kişidan oşmagan, milliard kişilik marraga 1800 yilda erişilgan, 2-milliardga — yana oradan 120 yil ötib! Bunday sur'atda hozirgi 7,3 milliard 2050 yilga borib 9,7 milliardga aylanadi va XXII asr boşiga borib esa 11 milliardga yetadi.

Qörqinçli başoratgöylik

Öqilganda bularning barisi oddiy raqamlardek tuyuladi, real hayotda esa buning oqibatini oldindan aytişning mutlaqo iloji yöq, çunki tarixda bunaqasi bölmagan-da! Bizning hozirgi bilim darajamiz yaqin ön yillar içida katta şaharlarda past va örta daromadlarga ega bölgan aholi örtasida unçalik katta bölmagan ösişni oldindan aytib berişi mumkin. Eng qiziği, bu hol mutlaqo bilinmasdan sodir böladi.