Yevropa çempionlar ligasining 1/2 final ikkinçi javob uçraşuvida «Atletiko» «Real»ni qabul qilib ğalaba qozondi.

Uçraşuvning 12-daqiqasida Saul boşi bilan bergan zarba orqali hisobni oçgan bölsa, 16-daqiqada Antuan Grizmann Fernando Torresga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan penaltini aniq amalga oşirib, farqni ikkitagaça yetkazdi.  Biroq qolganiga «Atletiko»ning kuçi yetmadi. 42-daqiqada Isko Kroos tomonidan berilgan zarbani Oblak qaytargaç, qaytgan töpni darvozaga aniq yöllab farqni qisqartirdi.

Ikkinçi bölimda «Atletiko» futbolçilari xarçand urinişmasin, boşqa gol kiritişning uddasidan çiqa olmadi. «Atletiko» 2:1 hisobida ğalaba qozongan bölişiga, qaramay, ikki uçraşuv natijasiga köra, 4:2 hisobida ğalaba qozongan «Real» final yöllanmasini qölga kiritdi.

Şunday qilib 3 iyun kuni Kardiffdagi «Millineum» stadionida bölib ötadigan finalda «Yuventus» va «Real» özaro ğoliblik uçun maydonga çiqadigan böldi.

Çempionlar ligasi, 1/2 final
Javob uçraşuvi

Atletiko  – Real Madrid 2:1 (2:1)
Gollar: Saul (12), Grizmann (16, penalti) – Isko (42).
Atletiko: Oblak, Saviç, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Parti, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 56).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modriç, Kazemiro (Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirişlar: Danilo (4), Saviç (6), Godin (34), Ramos (34), Gabi (37), Korrea (85).

Dastlabki uçraşuv: 0:3