2017 yil 11 may kuni Radisson Blue mehmonxonasida Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi va Britaniya Kengaşi hamkorligida “Yevropada ta'lim” (Study in Europe) körgazmasi taşkil etildi.
Mazkur tadbirda Yevropaning 14 mamlakatidagi 20dan ortiq universitet hamda ta'lim sohasidagi taşkilotlar iştirok etdi.
Kun.uz muxbiri ham mazkur bir kunlik körgazmada iştirok etib, maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Körgazmaning asosiy maqsadi - öquvçilar, talabalar va ularning ota-onalarini Yevropaning ta'lim sohasidagi keng qamrovli imkoniyatlari, dasturlari bilan yaqindan taniştirişdir.
Körgazmaga kelayotgan mehmonlar xorij universitetlari va boşqa taşkilotlar vakillari bilan muloqotda bölib, töğridan-töğri kerakli ma'lumotlarni olişga muvaffaq bölmoqda.
Körgazma quyidagi asosiy mavzularni qamrab oladi:
- Yevropa mamlakatlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura yönalişi böyiça dasturlar;
- Öqişni moliyalaştiriş va stipendiya/grantlar böyiça imkoniyatlar;
Yevropada öqiş uçun kerakli böladigan hujjatlar böyiça talablar;
- Yevropadagi talabalik hayoti.





















