Oşxonadan uzoq bölgan odam ham hayotida bir yoki ikki marta emas, hatto undan ham ortiq göştdan taom tayyorlaşga töğri kelgani rost gap. Taom tayyorlaş joni dili bölgan odamlarni aytmasak ham böladi. Uzoq iş malakasi bu mahoratli oşpaz yoki oddiy xatolarga yöl qöymaslik, degani emas. Ular ham yangi oşpazlar yoki qiziquvçi odamlar qiladigan xatolarga yöl qöyişlari mumkin. Bir qaraşda oddiy bölib köringan bu xatolar töğridan töğri ovqatning ta'miga yoki umuman ularning yaroqli-yaroqsizligiga ta'sir körsatadi. 

Biz eng köp hollarda göştli taom tayyorlaşda yöl qöyiladigan xatolar jadvalini tuzib çiqdik. Oşxonaningizda bu xatolarga boşqa yöl qöyilmaydi, degan umiddamiz. 

-1-

Bitta töğraş taxtasining ustida har xil mahsulotlarni töğraş, bu bakteriyalar manbai deganidir.

Göşt töğraydigan taxta heç qaçon toza yuvilmaydi. Hatto u tozaligidan yaltirab turgan bölsa ham. Doimiy ravişda turli kimyoviy birikmalar bilan oşxona anjomlarini tozalamaslik uçun har bir mahsulotga alohida taxtaça işlatgan afzalroq. Masalan, göşt, baliq, non va sabzavotlar uçun.

-2-

Göştdagi bakteriyalar rivojlanişi uçun qulay muhit bu uning harorati hisoblanadi. 

Göştda selsiy körsatgiçi böyiça 5 darajadan 60 darajagaça bölgan holatda bakteriyalar rivojlanadi. Şunday ekan uni xona haroratida yoki mikrotölqinli peç içida eritiş mutlaqo notöğri. Undan köra göştni beş yoki sakkiz soat oldin muzxonadan olib, uni muzlatgiçning oddiy xonasiga qöyib qöygan yaxşi. Yoki uni tayyorlaşdan bir yoki ikki soat oldin germetik paketga solib, sovuq suvga solib qöyiş kerak böladi. 

-3-

Bundan keyingi holat göşt pişib bölgaç, uni olovdan olib, içidagi şarbat göştning barça qismiga tarqalişi uçun unga tegmaslik lozim. Bu taomning ta'miga öz ta'sirini ötkazadi. Lahm suyaksiz göşt va tovuq kökrak göştiga beş daqiqa, suyakli göşt yoki qovurilgan qovurğalarga yarim soat dam bergan yaxşi. Tez sovib qolmaslik uçun uning ustini falga bilan yopib qöyiş maqsadga muvoffiqdir.