Xitoy şimolida joylaşgan Çançun şahrida 50 yoşli erkak 18 kişini piçoqladi. Bu haqda The Economic Times naşri yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, yaralanganlarning hayotiga heç narsa tahdid solgani yöq. Jinoyatçi Vang Yunvey qarindoşlarining sözlariga köra, u avval ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolangan. 

Ayni vaqtda Yunvey qamoqqa olingan. Politsiya voqea sabablarini va qanday yuz berganini örganmoqda. 

Naşrning yozişiça, XXRda öqotar qurolga ega böliş va olib yuriş taqiqlangan. Sönggi vaqtlarda, piçoq bilan qurollangan kişilarning hujum qiliş hollari köplab sodir bölmoqda. 

Xususan, yanvar oyida erkak kişi Xitoyning Pinsyan şahridagi bolalar boğçasi hududiga kirib, bolalarga piçoq bilan taşlangan edi. Buning natijasida 11 nafar bola şifoxonaga yotqizilgandi. 

2016 yil noyabr oyida Xançjun şahrida piçoq bilan qurollangan şaxs boşlanğiç maktabning 9 nafar öquvçisini yaralagandi.