Turkiya boş vaziri Binali Yildirim AQŞ prezidenti Donald Trampning Pentagon tomondan asosan Kurdiston işçi partiyasi jangarilarining Suriyadagi qanoti bölgan Suriya xalq mudofaasi (YPG) jangarilaridan taşkil topgan Suriya demokratik kuçlariga qurol-aslaha yetkazib berilişi haqidagi qarorini qoraladi.
"Turkiya Kurdiston işçi partiyasining qöllab-quvvatlanişi böyiça birorta bevosita yoki bilvosita taşabbusga toqat qilmaydi. AQŞ va Turkiya NATO böyiça ikki muhim ittifoqdoş. Şuning uçun Anqara AQŞ bunday keskin çoralarga bormaydi hamda strategik hamkor va terrorçilar örtasidagi tanlov oldida qolmaydi, deb umid qiladi", deb aytdi Yildirim.
"Öylaymanki, AQŞ rahbariyatida Anqaraning Kurdiston işçi partiyasi terrorçilik taşkilotiga tegişli masalalarga qaltis munosabatdaligini hisobga olişiga imkon bor. Agar Anqaraning pozitsiyasi inobatga olinmaydigan boşqa qadamlar qabul qilinsa, ularning salbiy oqibatlari nafaqat Turkiyaga, balki AQŞga ham ta'sir qiladi", deb ogohlantirdi Turkiya boş vaziri.

















