Istalgan inson «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu bilan birga vaqt ötkazişi mumkin. Buning uçun juda katta pulni tölaş kerak, hamda «Oltin töp» sohibi bilan tört soat muloqot qiliş imkoni yaratiladi. Bu haqda Mirror The Dirty Business kitobiga asosan xabar berdi.
Futbolçini tört soatga ijaraga oliş uçun 920 ming funt sterling tölaş lozim. Saudiya Arabistonidan bölgan va nomi oşkor etilmayotgan kompaniya uşbu xizmatdan foydalanişga rozi bölgan.
Kompaniya vakillari bu pullar evaziga portugaliyalik bilan tört soat birga bölişlari, ijtimoiy tarmoqlarda ikkita izoh qoldirişlari, Ronaldu dastxati bölgan beşta futbolkani olişlari va fotosessiyada iştirok etişlari mumkin.
Bundan taşqari, firmaga uning tasviridan bir kun mobaynida mintaqaviy reklama maqsadida foydalanişga ruxsat berilgan.












