Snapchat messenjerining egasi hisoblanuvçi Snap kompaniyasi 2017 yil 1-çoragini 2,2 mlrd dollarlik zarar bilan yakunladi. 2017 yil mart oyida IPO savdosini ötkazganidan sönggi ilk hisobotida şu haqda söz yuritilgan. 

Kompaniyaning 2016 yil 1-çoragidagi zarari 104,6 mln dollar bölgan edi, deyiladi hisobotda. Şunday qilib, bir yil içida kompaniya zarari 20 martadan köproqqa oşgan. Kompaniya esa bu raqamlarni 2 mlrd dollarni taşkil etgan IPO ötkaziş xarajatlari bilan izohlamoqda. 

EBITDA böyiça (soliqlar va kreditlar böyiça foizlarni qöşib hisoblaganda) körilgan zarar 93,2 mln dollardan 188,2 mln dollarga kötarilgan. Tahlilçilar, hisobot davri yakuniga köra, bu raqam 181 mln dollar bölişini taxmin qilişgan edi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Snap kompaniyasining pul tuşumi 2016 yil 1-çoragiga nisbatan 286 foizga ösib, 38,8 mln dollardan 149,6 mln dollarga yetgan. Tahlilçilar bu borada 158 mln dollar bölişini aytişgan edi. 

Umuman, yanvar-mart oylarida Snapchat foydalanuvçilari 1/3ga ortgan va 166 mln kişiga yetgan. Bir foydalanuvçidan körilgan örtaça foyda 0,9 dollarni taşkil etgan. Bu 2016 yil 1-çoragi bilan taqqoslaganda 181 foizlik ösişni anglatadi. Snapchat messenjerining asosiy raqibi Instagram foydalanuvçilari soni kuniga 400 mln kişini taşkil etadi, deb yozadi Recode.

Kompaniya xarajatlari bir yilda 142,6 mln dollardan 2,4 mlrd dollarga ortgan. Asosiy xarajatlar umumiy va ma'muriy xarajatlar hissasiga töğri kelgan. 

Snap hisoboti e'lon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalarining Nyu York fond birjasidagi narxi 25 foizga arzonlaşib, bittasi 17,23 dollarni taşkil etgan. 10 may kuni hisobot e'lon qilinmasdan avval bir aksiya qiymati 22,98 dollar bölgan.