Inson farovon turmuşga faqat halol mehnat bilan erişiş mumkinligini yaxşi biladi. Ammo mustaqil hayotga endigina qadam qöygan ayrim yoşlar buni öz vaqtida tuşunib yetmasliklari açinarli.
Toşkent viloyati IIB matbuot xizmatining xabar qilişiça, joriy yilning 19 aprel kunidan 21 aprel kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida Böstonliq tumanida joylaşgan “Laylo” ayollar gözallik saloniga, noma'lum şaxs heç kim yöqligidan foydalanib, eşik qulfini buziş yöli bilan kirib, uşbu salondan 1993 yilda tuğilgan Nodira Mahmudovaga (ismlari özgartirilgan) tegişli umumiy narxi taxminan 1 500 000 söm bölgan 1 dona “Personal” nomli ayollar soç böyoği, 1 dona ayollar soçini jingalak holatga keltiriş uçun möljallangan ploykasi, 2 dona soç dazmollari, 1 dona feni va turli xildagi ayollar parfyumeriyasini öğirlab ketadi.
Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Böstonliq tumanida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan Yaşnar Xolmurodov sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Şuningdek, 22 aprel kuni soat 00.30 larda Farğona viloyatida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan Jabbor Alimov öziga tegişli «Damas» rusumli avtoulovida Ohangaron tumanida noma'lum şaxsni yölovçi sifatida oladi, şu tumanda joylaşgan “Ganga” kafesi oldiga olib borib tuşirib qoldirganidan söng avtoulovi salonida bölgan narxi 1.100.000 söm bölgan “Artel-Santinel-X” rusumli uyali aloqa telefonini uşbu noma'lum şaxs öğirlab olib ketganligini ma'lum böladi. Jabbor Alimov darhol içki işlar organlariga xabar beradi.
Tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Ohangaron tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan Axmad Sobirov sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Zangiota tumanida, xususiy mehnat turi bilan şuğullanuvçi 1985 yilda tuğilgan Azamat Şariyev joriy yilning 6 aprel kuni soat 11.00 dan 12.00 gaça bölgan vaqt oraliğida uyiga ketayotgan vaqtida noma'lum şaxs heç kim yöqligidan foydalanib, kissavurlik yöli bilan çöntagidan narxi taxminan 900.000 söm bölgan «Samsung J5» rusumli uyali telefon apparatini öğirlab ketadi. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib jinoyatçini aniqlaş va uşlaş çoralari köriladi.
Içki işlar organlari tomonidan amalga oşirilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Zangiota tumanida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan Asror Böriyev sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.












