Uçar avtomobillar işlab çiqariş bozori tobora rivojlanib bormoqda. Quyida uşbu bozordagi eng asosiy öyinçilar haqida ma'lumot taqdim etiladi.

 

AeroMobil

2017 yilning 20 aprel kuni AeroMobil Top Marques Monaco körgazmasida yangi AeroMobil Flying Car modelini namoyiş etdi. Kompaniya vakillari sözlariga köra, startap 2017 yilda tijoriy uçiş transporti savdolarini boşlab beradi.

Avtomobil yiğiladigan qanotlar bilan jihozlangan bölib, maksimal tezlikni soatiga 200 kilometrga qadar çiqarişi mumkin. Havoda yuriş masofasi zaxirasi 700 km, şosseda esa qariyb 900 km. Boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi va uçuvçilik litsenziyasi talab etiladi.

 

Terrafugia

Amerikaning Terrafugia xususiy korporatsiyasi uçar avtomobillarga buyurtmalarni 2016 yildan qabul qilib olmoqda. U gibridli transport vositasi loyihasi haqida ilk bor 2013 yilda ma'lum qilgan, 2015 yilda esa yiğiladigan qanotlarga ega aeromobil dizaynini namoyiş etdi (Transition modeli).

Hozirda Terrafugia model qatori TF-X yangi modeli bilan tölgan. U 300-kuçli dvigatelga ega hamda maksimal tezligi soatiga 320 km.ni taşkil etişi mumkin. Yuriş masofasi zaxirasi esa 800 km.dan köproq. Xaridorlar aeromobilni boşqarişni beş soat içida örganib olişlari mumkin, maşinani esa oddiy garajda saqlaş imkoni bor.

TF-X Flying Car kamida sakkiz yildan söng tijoriy ravişda işlab çiqariladi.

 

PAL-V

Niderlandiyaning PAL-V startapi öz oldiga uçar maşinani buyurtmaçilarga yetkazib berişda birinçi böliş maqsadini qöygan. 2017 yilning fevralida 18 yil davomida işlab çiqilgan model taqdimoti ötkazildi – Liberty vintqanotli maşinasi.