Sönggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, şunday ixtirolar, innovatsion işlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan çuqur örin olib, yaşaş sifatini butunlay yangi bosqiçga olib çiqdi. Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barça jabhasida rivojlanişga yöl oçmoqda.
Uzoqqa borişning hojati yöq. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga uçgan edi. Bu insoniyat tarixida misli körilmagan voqea bölgandi öşanda. Bugun esa xalqaro kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga safar uyuştirişi oddiy holga aylanib ulgurdi. Töğri, ularning ismini hamma ham yoddan aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni özlaştirişda yangidan-yangi yutuqlar qölga kiritilmoqda.
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravişda takomillaştirib borilayotgan kompyuter va internetsiz tasavvur etiş muşkul. Yaqin-yaqingaça odamlar işxonada zamonaviy kompyuterlarda işlaşni orzu qilgan bölsa, bugun nafaqat ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planşetlar va “gadjyet”lar, deb ataladigan boşqa qurilmalar har bir xonadondan örin oldi.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga boğlanib qolgan. Çunki uşbu qurilmalar şunçaki muloqot vositasi emas, balki köp qirrali vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qönğiroq qiliş, xabar yoki rasm yuboriş/qabul qiliş, onlayn xaridni amalga oşiriş, yangiliklar bilan tanişiş, kerakli ma'lumotlarni oliş, foto yoki video oliş, tomoşa qiliş, musiqa eşitiş, turli öyinlarni öynaş mumkin.
Bugungi kunda dunyoda şunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq etilmagan bölsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar turmuşining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga heç kim kafolat berolmaydi. Ana şunday kaşfiyotlardan biri şu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir.

Gap şundaki, bizda “Printerlar faqatgina matn va suratni çop qiladi xolos”, degan fikr şakllanib qolgan. Ammo mutaxassislarning aytişiça, printerlarning imkoniyatlari juda keng bölib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat hayotining barça jabhasida qöllaniladi.
Uning afzalligi şundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot yordamida uy quriş, protez va implantatlar tayyorlaş, qimmatbaho esdalik buyumlar, taqinçoqlar işlab çiqariş mumkin. Masalan, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada uşbu yönalişda amaliy natijalarga erişilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, içki devorlari, turli şakldagi himoya tösiqlarini heç qanday qoliplarsiz “çop etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bölgan 3D-printer yaratildi. Uşbu qurilma bir neça soat içida balandligi olti metr bölgan binoni “barpo qilişi mumkin”. Bunda u “siyoh” örnida kuçaytirilgan şişa tolali sementdan foydalanadi. Şunday bölsa-da, hozirça bu usulda yirik inşootlarni quriş sinov tariqasida olib borilmoqda. Landşaft dizayni va aholi punktlarini obodonlaştiriş uçun kiçik arxitektura şakllarini tayyorlaşda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda.













