«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino Angliya Premer-ligasining aprel oyidagi eng yaxşi murabbiyi deb topildi. 

«Tottenhem» aprelda bölib ötgan APLning 6 uçraşuvining barçasida ğalaba qozongandi.

Londonliklar mehmonda «Byornli» (2:0), «Suonsi» (3:1) va «Kristal Pelas»ni (1:0), «Uayt Hart Leyn»da esa «Uotford» (4:0), «Bornmut» (4:0) va «Arsenal»ni (2:0) mağlubiyatga uçratgandi.

Poçettinodan taşqari ğoliblik uçun «Mançester Yunayted» ustozi Joze Mourino, «Çelsi» murabbiyi Antonio Konte, şuningdek Kreyg Şekspir («Lester Siti») va Marku Silva («Hall Siti») da'vogarlik qilişgandi.

«Tottenhem» klubi hujumçisi Son Hyong Min esa aprel oyida APLning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. 

Janubiy koreyalik futbolçi aprel oyida ötkazilgan 6 uçraşuvda 5ta gol va bitta golli uzatma muallifi böldi. 

Şuningdek, Son bu sovrinni qölga kiritgan birinçi osiyolik futbolçiga aylandi.