Yer osti yoqilg‘i ta'minoti  tizimidagi nosozlik sabab o‘nlab reys yo‘lovchilari tunni Lissabon aeroportida o‘tkazishga majbur bo‘lishdi. Ularning aksariyati yuk lentalarida, polda uxlagan - sayyohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Portugaliya politsiyasi va aeroport xodimlari "ularga hayvonlardek munosabatda bo‘lgan". 

Lissabondan Londonga yo‘l olgan yo‘lovchilar ham nosozlik asoratlariga yo‘liqishdi - ular belgilangan joyga vaqtida parvoz qilmaslik natijasida bir necha soatni samolyotda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. 

@c.adinis1969

Airhelp reyslarining kechikishi va bekor qilinishi tufayli kompensatsiya undirish servisining yuridik masalalar bo‘yicha direktori Kristian Nelson bunday holatlarda yo‘lovchilar kompensatsiya talab qilishi va zarurat tug‘ilgan taqdirda, oziq-ovqat va mehmonxonada tunash huquqini talab qilishi kerakligini ta'kidladi. 

Aviayo‘lovchilar ijtimoiy tarmoqlarda mazkur voqeaga oid taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. 

@lilpears
@sheridanmorais
@pr.wandersonpeixoto