Lissabonda rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy nomiga atab memorial örnatildi. Uçta tilda «Taslim bölmang» sözlari yozilgan yodgorlik Rossiyaning Portugaliyadagi elçixonasidan 100 metr uzoqlikdan joy oldi, deb xabar beradi The Insider.

Memorial Portugaliyada istiqomat qiluvçi, Vladimir Putin va Ukraina uruşiga qarşi bölgan rossiyaliklar harakati — Portugaliyadagi ozod rossiyaliklar assotsiatsiyasi tomonidan örnatildi.

Oçiliş marosimida Navalniyning bevasi Yuliya va siyosatçi Leonid Volkov iştirok etdi. «Buni amalga oşirişga muvaffaq bölgan taşabbuskor guruhga va barçasiga ruxsat bergan Lissabon munitsipal hokimiyatiga katta rahmat. Eng muhimi, Alekseyni yodidan çiqarmagan va uning xotirasini abadiylaştirişni istayotgan butun dunyodagi ajoyib insonlarga rahmat», — deydi Yuliya Navalnaya.

Aleksey Navalniyga atab örnatilgan yodgorliklar u 2024 yilning fevralida Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Jazoni ijro etiş federal boşqarmasida vafot etganidan keyin paydo bölişni boşladi. Uning şeriklari Navalniy şaxsan Vladimir Putinning buyruği bilan öldirilganini ta’kidlab kelmoqda.

Avgust oyida multiplikator Pavel Muntyan Kiprdagi Pafos qirğoği yaqiniga Navalniyning tasviri tuşirilgan bronza lavhani örnatgan edi. Köp ötmay uni sindirib taşlaşdi, ammo Muntyan oktyabr oxirlarida memorialni qayta tikladi. Şuningdek, Nyu-York Markaziy boğida ham Navalniy xotirasi uçun örindiq paydo bölgan.