«Barselona» hujumçisi Neymar ikkinçi murabbiy Unsue bilan yuzaga kelgan janjali jiddiy tus olişi mumkin.

Eslatib ötamiz, oldinroq, maşğulotlar paytida braziliyalik futbolçi va murabbiy örtasida janjal yuzaga kelgandi. Unsue Neymarga körsatma bergan, futbolçi esa uni norozilik bilan qabul qilgan. Unsue unga köproq e'tiborini futbolga qaratişini, agar şu tahlid davom etadigan bölsa, Ronaldinoga öxşab tez sönib qolişini aytgan. Neymar esa bunga javoban: «Agar u jamoada qolsa, men ketaman!», deya qiçqirgan. 

Şunga qaramay, kataloniyaliklar rahbariyati bu vaziyatdan xavotirga tuşayotgani yöq.

Ma'lumot uçun, Unsue darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. Karerasining asosiy qismiini «Sevilya»da ötkazgan kiper faoliyatini yakunlagaç, Frank Raykaard va Pep Gvardiola davridagi «Barselona»da darvozabonlar murabbiyi sifatida işlagan. Keyinroq «Numansiya» va «Rasing» klublarini boşqargan, Luis Enrikega «Selta»da yordam bergan va şundan söng yana «Barselona»ga qaytgandi.