Sönggi yillarda sayyoraning eng badavlat kişilari röyxati jiddiy özgarişlarga yuz tutmoqda. Agarda avval röyxatda asosan katta oilaviy davlat merosxörlari bölgan bölsa, endi esa özi boyligini mustaqil ravişda işlab topganlar safi kengayib bormoqda. Şu bilan birga, ularning faoliyati yuqori texnologiyalar sohasi bilan boğliq. Aynan şu soha bugungi kunda turli servislar yaratuvçilariga juda katta pullarni olib kelmoqda.

Uoltonlar oilasi
130,59 milliard dollar

Aynan şu oila bir neça yildan beri dunyodagi eng yirik çakana savdo dökonlari tarmoği – Volmartni boşqarmoqda. 1962 yilda Sem Uolton tomonidan taşkil etilgan tarmoq hozirga qadar öz egalariga juda katta mablağ keltirmoqda. Bu kapitallarning hozirda hayot bölgan eng maşhur uç nafar egasi - Jim, Rob va Elis Uoltonlardir.

Bill Geyts
91,9 milliard dollar

Maykrosoft asosçilaridan biri va yirik aksiyadori dunyodagi eng saxovatpeşa insonlardan biridir. U 16 marta dunyoning eng badavlat kişisi bölgan.

Amansio Ortega
82,42 milliard dollar

Bu milliarder öşa paytdagi rafiqasi bilan Inditex kompaniyasiga asos solgan – unga dunyoning 88 davlatidagi 6750 dökon tegişli. Ortega futbol jamoalarini qöllab-quvvatlovçi yirik sarmoyador bölib, mablağlarini köçmas mulk va toğ-kon sanoatiga yönaltiradi.

Jyef Bezos
80,92 milliard dollar

Amazonni öylab topgan inson hozirga qadar bu sensatsion kompaniya mevalaridan baxra olmoqda. Bezos şuningdek Blue Origin aerofazoviy kompaniyasiga ham asos solgan va uni boşqaradi hamda The Washington Post naşriyot uyi xöjayini sanaladi.