2026 yilgi jahon çempionati mezboni 2018 yili Moskvada bölib ötadigan kongress vaqtida aniqlanadi. Bu haqda Die Welt xabar berdi.

Avvalroq AQŞ, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari 2026 yilda bölib ötadigan jahon çempionati mezbonini aniqlaşni tezlaştirişni sörab, FIFAga murojaat qilgan edi. Futbol federatsiyalari rahbarlari FIFAdan 2018 yilning iyuniga qadar, ya'ni belgilangan vaqtdan 2 yil oldin mezbonni aniqlaşni söraşgandi.