Finlyandiyada 93 yoşida respublikaning sobiq prezidenti Mauno Koivisto vafot etdi. Finlyandiya prezidenti kantselyariyasining xabar berişiça, Koivisto Meilahti kasalxonasida hayotdan köz yumgan.

Mauno Koivisto davlat rahbari lavozimini 12 yil – 1982 yildan 1994 yilga qadar egallagan. U Finlyandiyaning töqqizinçi prezidenti bölgan. Bunga qadar esa mamlakat boş vaziri, moliya vaziri va milliy banki rahbari sifatida işlagan.

U umrining sönggi yillarida Altsgeymer kasalligidan aziyat çekkan.