«Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte öz jamoasining Angliya çempionatida ğolib çiqqani haqida öz fikrlarini bildirdi. Köklar tarixdagi oltinçi sovrinlarini 37-turdagi «Vest Bromviç Albion» bilan uçraşuvdan (1:0) söng rasmiylaştirişdi.

«Öyinçilarimdan mehnatsevarlik va harakatçanlik uçun minnatdorman. Ular bu mavsumni ajoyib yakunlaş uçun bor kuçlarini berişdi. Uşbu ğalabadan söng biz baxtli bölişimiz kerak.

Men Azar va Pedro çarçab qoldi, deb hisobladim, bizga köproq energiya kerak edi. Batşuayi bu özgariş uçun menga ajoyib tarzda taşakkurini izhor etdi!

Bu zör. Mening Angliyaga kelişim va mahalliy an'analar hamda tilga könikişim, şuningdek muvaffaqiyatsiz mavsumdan söng öyinçilarni yana ruhlantirişim oson bölmadi.

Yangi sxemaga ötiş haqidagi qaror bizning mavsumni özgartirdi. Jamoa uçun yangi nimadir topiş kerak edi, hamda 3-4-3 taktikasi öyinçilarning öziga xos jihatlariga mos tuşdi. Yaxşi işladik, bu şunçaki omad emas. Biz ajoyib mavsumni ötkazdik, biroq Angliya kubogi bor.

Har bir öyinda maydonda futbolçilar bilan birga ekanligimni his etaman. Men öyinçilar bilan birga böliş borasida öz ehtiroslarim va xohişimni butun öyin davomida körsataman. Şunday insonman. Avval ham, hozir ham öyinçilar bilan salbiy va ijobiy vaziyatlarda birga bölaman. Biz bu sovrinni hammamiz birga yutib oldik», - deya Kontening sözlarini keltiradi BBC Sport.