AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida FQBning sobiq direktori Jyeyms Komini "ölgudek yomon körişi"ni tan oldi. Intervyu 13 may kuni efirga uzatiladi.
Eslatib ötamiz, Tramp 9 mayda Komini FQB direktori lavozimidan ozod qilgandi.
Trampning fikriça, Komi demokratlar uçun ham yoqimsiz bölgan va ular ançadan beri uning iste'foga ketişini kutib yurişgan.
"Ha ular, men demokratlarni nazarda tutmoqdaman, Jim Komini yomon körardilar. Komi ularga yoqmasdi va ular uning böşatilişini kutib yurganlar", deb aytdi Tramp.
Tramp Komiga "dahşatli darajada nafrat" his qilganini tan oldi.
"Unga nisbatan nafratim dahşatli darajada edi, ayniqsa Xillari Klinton deb. U Klintonga avval heç kimga ijozat berilmagan darajada jazosiz qolişga imkon bergan. U Xillariga körsatgan "xizmati" aqlga siğmaydi. Hamma u "aybdor" desa, Komi esa "Yöq, u aybdor emas", degan", deb ta'kidlab ötdi Tramp.












