Britaniya ekspertlari tuxum muzlatgiçning aynan qaysi joyida yaxşi saqlanişi töğrisida ma'lumot berişdi. Daily Mail şu haqdagi xabari bilan bölişdi.

Ularning fikriça, muzlatgiç eşiklari - tuxumlarni saqlaş uçun eng nomunosib joy. Ularni muzlatgiçning doimiy muqobil harorat böladigan örta qatorida saqlaş maqsadga muvofiqdir. Manbada ta'kidlanişiça, bu masala muhokamasi dastlab turli munozaralarni keltirib çiqargan, biroq oxir-oqibat ekspertlar bu borada bir qarorga kelişgan.

Good Housekeeping jurnali mutaxassislari fikriça, tuxumlarni muzlatgiçning örta qatorida original qadoqlarda saqlagan ma'qul. 

Qandolatçilarning fikriça esa, tuxumlarning  muzlatgiç eşigida saqlanişiga yöl qöyiş kerak emas. Muzlatgiç eşigini hadeb oçib-yopiş tuxum oqsiliga ta'sir qilişi, boşqa mahsulotlar hidining tuxumga ötişiga olib kelişi mumkin.

Britaniyaning Tuxumlar haqidagi axborotlar sayti (The British Egg Information Service) uy bekalariga tuxumlarni qutilarda, 20 darajadan past bölgan haroratda hamda ötkir hidli mahsulotlardan uzoqroq saqlaşni tavsiya qiladi. Tuxumlarni past haroratda saqlaş boşqa jihatlar bilan bir qatorda salmonellez qözğatuvçisining köpayiş xavfini yöq qiladi.