2016 yilda Ukrainada millionerlar soni törtdan bir qismga kamaydi. Bu haqda mamlakat soliq xizmati juma kuni xabar berdi.

"Ötgan yilda 3,504 ming kişi 1 million griven (37,8 ming dollar)dan köproq bölgan daromadni deklaratsiyadan ötkazdi. 2015 yil bilan taqqoslaganda millionerlar soni 25 foizga yoki 1,18 ming kişiga kamaygan", - deya xabar qilindi idora saytida.

Şu bilan birga, millionerlar soni kamaygan bölsa-da, ularning daromadi umumiy summasi ötgan yil bilan soliştirganda 13 foizga ösdi, yoki 3,2 milliard grivenga (120 million dollardan köproq).

Kiyevda daromadi million grivendan köp ekani haqida ma'lumotnoma töldirgan fuqarolar soni 1,686 mingni taşkil etgan. Xarkov viloyatida 287 nafar millioner bölsa, Dnepropetrovsk va Odessa viloyatlarida mos ravişda 216 hamda 211 nafarga teng böldi.