SpaceX va Tesla kompaniyalari asosçisi Ilon Mask tezyurar tunnel tasvirlangan videoni namoyiş etdi. Uning loyihasi The Boring Company tomonidan işlab çiqilmoqda. Avtomobillar bunday tunnel böylab soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanişi mumkin.

“Diqqat. Bu video köngil aynişi yoki boş aylanişiga olib kelişi mumkin”, - Mask Instagram’da joylangan videoga aynan şunday yozuv qoldirdi.

 

A post shared by Elon Musk (@elonmusk) on

SpaceX va Tesla rahbari ğoyasiga köra, Vestvuddan Los-Anjyelesga yöl 30-45 daqiqaning örniga atigi beş daqiqani taşkil etadi.

Mask aprel oxirlarida tezyurar yer osti tunnellari loyihasini namoyiş etgandi. U 30 darajali tunnellar tizimi bölib, unda soatiga 200 kilometr tezlikda içida avtomobillar joylaştirilgan platformalar harakatlanadi.