AQŞning Illinoys ştatidagi Jyeniva şahridagi şifoxonada mahbus tomondan bir neça soat garovda uşlab turilgan hamşira ozod etildi. Mahbus bir neça soat davom etgan muzokaralar foyda bermagaç, tezkor guruh xodimlari tomondan öldirildi, deb xabar bermoqda ABC7 telekanali.

Keyn okrugidagi turmada saqlanuvçi va Delnor şifoxonasida davolanayotgan mahbus unga biriktirib qöyilgan politsiyaçining qurolini qölga kiritişga muvaffaq bölib, şifoxona hamşiralaridan birini garovga olgan. Şu tufayli şifoxonaning qabulxonasi yopib qöyilgan, voqea joyiga tezkor guruh yetib kelgan. Şifoxonadagi bemorlarni evakuatsiya qilişga hojat yöq, deb qaror qilingan.

Bartaraf etilgan 22 yoşli Tauon Solters ismli mahbus maşina öğirlagani uçun ikki oylik qamoq muddatini ötayotgan bölgan. U şifoxonaga 8 may kuni keltirilgan va alohida palatada nazorat ostida davolangan.

Foto: Twitter/@WGNRadioNews

Hamşira voqea oqibatida jiddiy jarohat olmagan va hozirda oilasi bilan qolmoqda. Ta'kidlanişiça, şifoxona qabulxonasi va tez yordam xizmati tez orada yana me'yordagidek işlay boşlaydi.