Angliya chempionatining 37-turida «Hall Siti» «Kristal Pelas»ga safarda 0:4 hisobida yutqazdi. Mezbonlarning gollariga Uilfrid Zaha, Kristian Benteke, Patrik van Anxolt va Luka Milivoyevich mualliflik qilishdi.
Ushbu yirik mag‘lubiyatdan keyin «yo‘lbarslar» jamoasi hisobidagi ochkolar soni 34taligicha qoldi va mavsumni 18-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. Mark Silva jamoasi «Sanderlend» va «Midlsbro» ortidan APLni tark etadigan bo‘ldi. «Kristal Pelas» ochkolari sonini 41taga yetkazib, turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi.
Angliya chempionati
37-tur
Kristal Pelas – Hall 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 3 Zaa, 2:0 – 34 Benteke, 3:0 – 85, penalti Milivoyevich, 4:0 – 90 van Anxolt.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins (Dileyni, 86), Kelli, Uord, Milivoyevich, Zaa, Kabay (Makartur, 62), Taunsend (van Anxolt, 75), Panchon, Shlupp, Benteke.
Hall – Yakupovich, Ranokkiya (Bouen, 46), Douson, Robertson (Melouni, 46), Maguayr (Devis, 50), Klukas, Al-Muhammadiy, Evandro, Ndiayye, Grositski, Nyasse.
Ogohlantirishlar: Kabay (37), Robertson (40), Panchon (41), Ndiayye (80), Douson (84), Devis (87), van Anxolt (90), Klukas (90).











