Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifi tadbirlarga, özaro foydali uçraşuvlarga boy bölmoqda, deb xabar beradi prezidentning matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengaşi raisi Van Ilin bimlan uçraşdi.

Mazkur kompaniya mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidiriş va qaziş, Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni çuqur qayta işlaş jarayonida faol iştirok etmoqda.

Uçraşuvda yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va Özbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyalarini jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

«Uglevodorod xomaşyosini çuqur qayta işlaş böyiça eng zamonaviy, ekologik toza va samarador texnologiyalar joriy qiliş böyiça hamkorlikni yanada keng kölamda davom ettiriş tarafdorimiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

«Özbekistonda yangi işlab çiqariş tarmoqlarini barpo etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdormiz», — deb ta'kidladi Van Ilin.

Prezidentimiz Xitoy Xalq Respublikasi Eksport-import banki boşqaruvi raisi Xu Syaolyan bilan ham uçraşdi. Mazkur bank kreditlari evaziga mamlakatimizda soğliqni saqlaş, ta'lim, energetika, transport va boşqa sohalarda qator loyihalar amalga oşirilgan.

Davlatimiz rahbari özaro işonçga asoslangan ikki tomon uçun ham manfaatli bölgan hamkorlik aloqalarini izçil rivojlantiriş zarurligini ta'kidladi. Xu Syaolyan Özbekiston bilan investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanini qayd etdi.