Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland prezidentlik lavozimini tark etar ekan, mamlakatni beş yil avval qabul qilgan vaqtidan yaxşiroq holatda qoldirayotganini ta'kidladi. U Twitter mikrobloglari tarmoğida şunday bayonot bilan çiqdi.
Olland Fransiyani boşqariş - ulkan mas'uliyat ekani, zero butun dunyo respublikaga "erkinlik va taraqqiyot mamlakati" sifatida qaraşini aytib ötdi. Sobiq prezident mamlakat qator inqirozlarni boşdan keçirgani, lekin şunga qaramay, "yaxşi saqlangani" va Fransiyaligiça qolganini ta'kidladi.
Ollandning sözlariga köra, u özining prezidentlik davrida har doim birinçi navbatda yoşlarga e'tibor qaratgan va aynan şunday bölişi kerak.
Hukumatning Fransua Ollanddan Emmanuel Makronga topşiriş marosimi 14 may, yakşanba kuni ertalab Yelisey saroyida bölib ötdi. Taxminan bir soat davom etgan muzokaralardan keyin Olland davlat rahbari qarorgohini tark etdi.











