Pekinga taşrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv oldidan bir juft daqiqani royalda musiqa ijro etiş bilan ötkazdi. Ikki yetakçi örtasidagi muzokaralar "Dyaoyuytay" imperatorlik qarorgohi binosida bölib ötişi belgilangan.
Putin "Moskovskiye okna" va "Gorod na volnoy Nevoy" qöşiqlari musiqalarini ijro etdi.
Hozirda Putin ikki kunlik taşrif bilan Pekinda qolmoqda. Bu yerda "Bir makon, bir yöl" forumi bölib ötmoqda. Putin forumning oçilişidagi nutqida global taraqqiyotdagi turğunlik davri yengib ötilgani va xalqaro terrorçilik sabablari haqida fikr bildirib ötdi. Bundan taşqari, Putin dunyo siyosatçilari va iqtisodiyotçilarini Peterburg va Vladivostokda ötadigan forumlarga taklif qildi.












