Şimoliy Koreya navbatdagi marta ballistik raketa sinovini ötkazdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, raketa 30 daqiqa davomida 800 km masofani uçib ötib, Yaponiya iqtisodiy hududi çegarasigaça yetib bormay, Yapon dengiziga qulagan. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Sugaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

"14 may kuni soat 5:28da Şimoliy Koreya özining ğarbiy sohilidagi Kuson uyezdidan raketa uçirdi. Raketa 30 daqiqa uçgan, parvoz uzunligi 800 km ni taşkil qilgan", deb aytgan Suga. 

Uning aytişiça, raketa Koreya yarimorolidan şarqqa tomon 400 km uzoqlikda Yapon dengiziga tuşgan va bu hududdagi kemalarga heç qanday ziyon yetkazmagan.

Yaponiya mudofaa vazirining aytişiça, raketa 2 ming km balandlikka kötarilgan. 

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Çje In uşbu sinovni keskin tanqid qilgan va uni BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasining buzilişi deb atagan.

Şimoliy Koreya oxirgi marta ballistik raketa sinovini 29 aprelda ötkazgandi. Pentagon ma'lumotlariga köra, öşanda snaryad Şimoliy Koreya hududiga qulagan.