Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: Rossiya bilan munosabatlarning joriy holati AQSh va butun dunyoga ziyon yetkazadi
Rossiya-AQSh munosabatlarining joriy holati Vashington va butun dunyo manfaatlariga javob bermaydi, deb hisoblamoqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson.
"Fikrimcha, ko‘pchilik buning dunyo uchun foydali emasligini ko‘rmoqda. Bu munosabatlar bunday past darajada qolishi biz, amerikaliklar uchun, bizning milliy xavfsizlik manfaatlariga aniq foydali emas. Bu vaziyatni tuzata olamizmi, ko‘ramiz", deb aytdi Tillerson NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Tillersonning aytishicha, u Rossiya va AQSh munosabatlariga nisbatan "qayta yuklash" atamasi qo‘llanishiga qarshidir.
"Fikrimcha, "qayta yuklash" kabi atamalar bilan suiste'mol qilinmoqda. Qayta yuklab bo‘lmaydi, tarixni o‘chirib yoki yangi sahifadan boshlab bo‘lmaydi. Biz qanday sahifaga ega bo‘lsak, o‘shandan boshlaymiz", deb aytdi Tillerson.
Tillersoning aytishicha, Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi "puxta hujjatlashtirilgan".
"Fikrimcha, bizda AQSh va Rossiya munosabatlarida hal qilish kerak bo‘lgan bir qator muhim masalalar bor. Ulardan biri – saylovlarga aralashuv. Fikrimcha, bu puxta hujjatlashtirilgan va biz bu yoki boshqa joydagi bu aralashuvning tabiatini yaxshi tushunamiz", deb aytdi Tillerson.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 2016 yil dekabr oxirida Rossiyaning "saylovlarga aralashuvi" va Rossiyada ishlovchi "amerikalik diplomatlarga bosim o‘tkazilgani" uchun Rossiyaning 9 ta muassasasi, jumladan, Federal xavfsizlik xizmati va Bosh razvedka boshqarmasi, kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritgan. Shuningdek, AQShda Rossiyaning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasi va Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi "dala hovlilari" deb ataluvchi ikkita turar-joy majmualariga kirish yopib qo‘yilgan. Bundan tashqari, AQShda faoliyat olib boruvchi 35 nafar rossiyalik diplomat non-grata personasi deb topilib, AQShdan chiqarib yuborilgan.
Rossiya esa ushbu ayblovlarni inkor qilib keladi.
Mavzuga oid
22:39
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
21:38
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51