Fransiyaning sobiq boş vaziri Manuel Vals Journal du Dimanche uçun bergan intervyusida mamlakatning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makronni yaramas odam deb atadi.

«Men Makron va uning jamoasini xolis baholay olaman. Olland — pastkaş odam, ammo u muayyan çegaralardan çiqmaydi. Makron — undan ham pastkaşroq, uning uçun heç qanday çegara yöq», — degan Vals.

Şu bilan birgalikda u Makronga prezidentlik faoliyatida zafar tilagan.

U Makronni Napoleon Bonapartga qiyoslagan va u saylovoldi dasturi tufayli emas, siyosat bilan şuğullangani tufayli ğalaba qozongani haqida aytgan.

«Bu yoşlik va an'analar qorişmasidir. Bu yaxşi, bonapartizmning yomon tomoni yöq. Men Fransiyaga qat'iylik yetişmaganini bilaman, Fransua Olland siyosat bilan şuğullanişni unutib qöygandi. Makron saylovda öz saylovoldi dasturi evaziga emas, siyosat bilan şuğullanayotgani uçun ğalaba qildi», degan Vals.

Bundan oldinroq Emmanuel Makronning «Marşga!» harakati parlament saylovlari uçun 428 nomzodini e'lon qilgan, ular orasida ayol-toreador, matematik, uçuvçi va taniqli korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi bor edi.