Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Aziz Haydarov BAAning «Ajman» klubi a'zosiga aylandi.

2011 yildan buyon BAAning «Aş-Şabob» klubi şarafini himoya qilib kelgan tajribali futbolçi mamlakatning boşqa klubi – «Ajman» bilan 1 yillik şartnoma imzoladi.

«Aş-Şabob» joriy mavsumni 14 jamoa orasida 8-örinni egalladi. «Ajman» klubi esa yakuniga yetgan mavsum natijasiga köra BAA Pro Ligasiga çiqdi.

Ma'lumot uçun, futbolçilik faoliyati davomida Aziz Haydarov Toşkentning «Lokomotiv» (2006–2007), «Bunyodkor» (2007–2011) va «Aş-Şabob» (2011–2017) klublarida töp surgan. 2007 yildan buyon milliy terma jamoa şarafini himoya qilayotgan yarim himoyaçi 71 öyinda maydonga tuşgan.