Sport | 17:32 / 19.06.2021
59665
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston uchun bunaqa o‘ynash aslo mumkinmas» - Birodar Abduraimov Aziz Haydarov va Odil Ahmedovni savollarga tutdi

O‘FA navbatdagi tashqari kongressining ikkinchi qismida Terma jamoalar markazi boshlig‘i Aziz Haydarov va milliy jamoa sardori Odil Ahmedovning chiqishi paytida o‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov ularga savollar bilan murojaat qildi.

Foto: Tribuna.uz

O‘FA Terma jamoalar boshlig‘i Aziz Haydarov so‘zga chiqib, Vadim Abramovni o‘sha paytda eng avvalo xalq saylaganidek, yangi bosh murabbiyni ham omma tanlashi haqida gapirgach, bu o‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimovning norozilik ohangdagi savollariga sabab bo‘ldi.

«Vadim Abramovni xalq sayladi? Kim aytdi? Qani o‘sha xalq? Omma sayladi? Qani ular, hozir qayerda?», - deya Birodar Hasanovich tomonidan berilgan savollarga Aziz Haydarov «Bilmasam, milliy jamoada Vadim Abramov ishlasin, degan odam emasman», - deb javob qaytardi.

Yig‘ilishda so‘z navbati Odil Ahmedovga berilgach, Birodar Abduraimov milliy jamoa sardoriga ham o‘z maslahati bilan birga savollarini ham berdi.

«Sizni himoyachi bo‘lishga kim majbur qilayapti? Axir har doim yarimhimoyachi bo‘lgansiz. Yutishimiz kerak bo‘lganida nega sizni himoyada o‘ynatdi? To‘pni oldirib qo‘yganingizdan keyin yugurish ham kerak, uka. Milliy jamoada bunaqa o‘ynashmaydi-yu, to‘g‘rimi? Kelajakda yana milliy jamoaga qaytadigan bo‘lsangiz, unutmang siz sardorsiz, qolganlarni ortingizdan ergashtirishingiz kerak. Meni juda ranjitgani shu o‘yin bo‘ldi. Kelajakda hali murabbiy bo‘larsiz, ammo O‘zbekiston uchun bunaqa o‘ynash aslo mumkinmas», - dedi Birodar Abduraimov Odil Ahmedovga qarata.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Mavzuga oid

E`lonlar