Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida jangarilar strategik muhim shaharni egallab oldi
Jangarilar shaharga hujum qilishdan oldin mahalliy politsiya binosini minomyotlardan o‘qqa tutgan.
Foto: Farh Abdi Warsameh/AP
Somali markazida "Ash-Shabob" guruhi jangarilari strategik muhim hisoblanuvchi Eldire shahrini egallab oldi. Bu haqda Hiiraan portali xabar bermoqda.
Mazkur shahar yarim avtonom Galmudug shtati ma’muriy markazi bo‘lgan Dusamareb shahridan atigi 30 km uzoqlikda joylashgan.
"O‘tgan tunda hukumat kuchlari Eldire shahrini tashlab chiqdi va u yerga "Ash-Shabob" jangarilari kirdi", - dedi mahalliy oqsoqol Nur Husayn.
Jangarilar shaharga hujum qilishdan oldin mahalliy politsiya binosini minomyotlardan o‘qqa tutgan.
Avvalroq isyonchilar Mataban shahrini egallab olgandi.
Somalida "Ash-Shabob" jangarilari 2008 yildan buyon turli portlashlar va hujumlar uyushtirib keladi. Guruh a’zolari soni yetti ming atrofida.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025