2017 yil 10 may kuni «Digital Panda» marketing agentligi «Cinzzano Terazza» yozgi maydonida tadbir uyuştirdi. Keçaning eng asosiy mehmoni «Mail.ru Group» bölib, Özbekistondagi yirik kompaniya vakillariga öz resurslaridagi reklama imkoniyatlari haqida taqdimot körsatişdi.
«Digital Panda» internetda brendlarni tarğib qiliş bilan şuğullanadi va u öz mijozlariga mail.ru va ok.ru reklama maydonlari uçun eksklyuziv imkoniyat eşigini oçadi.
Tadbirga çaqirilgan mehmonlar «Oddiy keçadan-da qiziqroq» sözlari yozilgan taklifnomani olgan edilar. Bu va'da amalda özini oqladi, mehmonlar nafaqat zavq olişdi, balki digital-reklamalar sohasidagi dolzarb statistikalar bilan ham tanişişdi.
«Digital Panda» rahbari - Ruşana Maksumova keçaning işçi qismini oçib berdi. Uning sözlariga köra, tadbirning asosiy maqsadi - hamkorlar va mijozlarga yoqimli keça sovğa qiliş, barçani bir yerga yiğiş, özaro suhbat qurib, ğoyalar bilan örtoqlaşiş. Axir barça bir-biri bilan taniş, biroq bir yerda kamdan-kam holdagina körişişadi.

Mail.ru Group kompaniyasining vakillari – xorijiy hamkorlar bilan işlaş böyiça guruh rahbari - Yekaterina Yeroşenko hamda mijozlar bilan işlaş bölimi boşliği – Aleksandr Konev mail.ru va ok.ru maydonidagi imkoniyatlar töğrisida taqdimot ötkazişdi.
«Milliy marketing markazi» assotsiatsiyasining boşqaruv raisi – Diyor Mirzaahmedov juda ham pozitiv ruhda çiqiş qildi. U öz nutqida bu global jarayonning boşlanişi ekanligi, uning asosida yaxşi insonlar va kompaniyalar turişini qayd etdi. Şuningdek, u öz ehtiromini ham bildirdi.

Keçaning işçi qismini «Digital Panda» asosçisi - Sardor Jörayev yopib berdi va tadbirdan közlangan maqsad - marketing, dijital va AT sohalarining vakillarini taklif qilib, ularga «Mail.ru Group» kompaniyasining imkoniyatlarini taniştirib, agentlik nafaqat öz kompaniyasiga qiziqiş uyğotişda, balki «Mail.ru Group» resurslariga imkoniyat yaratişda ham barça uçun oçiq ekanligini ta'kidlab ötdi: «Men «Mail.ru Group» Özbekiston bozorida istiqbolli kelajakni körayotganidan va master-klass hamda anjumanlar ötkaziş uçun mamlakatimizga özining rasmiy vakillarini yuborayotganidan mamnunman».




















