Saylovlarda mamlakatdagi 3ta siyosiy partiya ishtirok etgan: hukmron Respublikachilar partiyasi, "Yelk" bloki va "Yerkir tsirani" ("O‘rik mamlakati") partiyasi.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ARP 71,25 foiz (240036 ovoz), "Yelk" bloki —21 foiz (70731), "Yerkir tsirani" partiyasi — 7,75 foiz (26109) ovoz to‘plagan", — deyiladi xabarda.
"Yerevan shahrida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, Vakillar kengashi 65 kishidan iborat bo‘ladi. U 4 yillik muddatga saylanadi. Bu safargi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 842 ming 147 kishidan 345 ming 226 saylovchi qatnashgan. Shunga ko‘ra, saylovchilar ishtiroki 40,99 foizni tashkil etdi.
Kengashga o‘tkazilgan saylov natijasida biror partiya 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plasa, ushbu partiya ro‘yxatini boshqargan nomzod Yerevan hokimi hisoblanadi.











