2017 yil 15 may kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bölib ötdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boşqardi, deb xabar berdi Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati

Majlisda Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida joriy yilning 13 may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining böşab qolgan örinlarga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari saylovi böyiça ötkazilgan qöşma majlislari bayonnomalariga asosan Alişer Kurmanov va Botirjon Asadovni Oliy Majlis Senati a'zolari etib röyxatga oliş töğrisida qaror qabul qilindi.

Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boşqa masalalar ham muhokama qilindi.

Eslatib ötamiz, Alişer Kurmanov avvalroq Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Birlaşgan Qirolligi va Şimoliy Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor elçisi bölib işlagan bölsa, Botirjon Asadov – Özbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elçisi lavozimini egallagan.