Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida Xixonning «Sporting» klubi «Eybar»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ammo jamoaga bu g‘alaba ligada qolishga yordam bermacligi mumkin. 

Parallel kechgan uchrashuvda «Deportivo» «Vilyarreal» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va ochkolari sonini 33taga yetkazdi.

Ayni vaqtda «Sporting»da 30 ochko bor. Xixonliklar jamoasida to‘plar nisbati -30. «Deportivo»da esa bu ko‘rsatkich -21.

Keyingi turda «Sporting» «Betis»ni qabul qiladi, «Deportivo» o‘z maydonida «Las-Palmas» bilan o‘ynaydi. Xixonliklarda ligani tark etgani amalda aniq bo‘lgan, nazariy jihatdan keyingi turda «Deportivo» yutqazsa va «Sporting» 9ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsagina, bunday bo‘lmasligi mumkin.

37-turda 4ta uchrashuvda durang natija qayd etildi. «Vilyarreal» va «Deportivo» uchrashuvida hisob ochilmagan bo‘lsa, «Betis» «Atletiko» uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi va Simeone shogirdlari uchinchi o‘rinni naqd qilishdi, «Real Sosedad»va «Malaga» uchrashuvida 4ta gol urildi (2:2), «Atletik» va «Leganes» uchrashuvida ham 1:1 hisobi saqlanib qoldi. «Alaves» «Selta»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

La-liga. «Real» va «Barselona» bir xil hisobda g‘alaba qozondi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Osasuna» va «Granada» 19 va 20-o‘rinlarni egallagan holda keyingi mavsumda Segundada ishtirok etadigan bo‘lgandi.

Ispaniya chempionati, 37-tur

Eybar – Sporting Xixon 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Burgi.
Eybar – Riyesgo, Kapa, Galves, Lejyen, Junka, Eskalante (Rivera, 70), Dani Garsiya, Leon, Gonsales (Kike, 58), Inui (Bebe, 77), Enrik.
Sporting Xixon – Kuelyar, Duglas Pereyra, Baben, Xorxe Mere, Kanelya, Alvares, Mikel Vesga, Karmona (Lopes, 88), Gomes (Xavi Torres, 74), Burgi (Amorebeta, 83), Chop.
Ogohlantirishlar: Lejyen (59), Enrik (60), Mikel Vesga (80), Chop (89).

Betis – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)