Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron Gavr şahri meri Eduard Filippni boş vazir lavozimiga tayinladi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga köra, Makronning bu tanlovi Ikkinçi jahon uruşi davridan buyon ilk bor kuzatilgan noyob hodisaga aylandi. 1945 yildan buyon Fransiyada heç qaysi prezident öziga boşqa partiya vakilini boş vazir etib tayinlamagandi.
46 yoşda bölgan Filipp port şahar Gavr meri böliş bilan birga parlament deputati edi. U Fransiyadagi eng yirik partiya bölmiş «Respublikaçilar» partiyasiga mansubdir.

14 may kuni Emmanuel Makron prezidentlik lavozimiga rasman kirişgandi.












