Rossiya-AQŞ munosabatlarining joriy holati Vaşington va butun dunyo manfaatlariga javob bermaydi, deb hisoblamoqda AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson.
"Fikrimça, köpçilik buning dunyo uçun foydali emasligini körmoqda. Bu munosabatlar bunday past darajada qolişi biz, amerikaliklar uçun, bizning milliy xavfsizlik manfaatlariga aniq foydali emas. Bu vaziyatni tuzata olamizmi, köramiz", deb aytdi Tillerson NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Tillersonning aytişiça, u Rossiya va AQŞ munosabatlariga nisbatan "qayta yuklaş" atamasi qöllanişiga qarşidir.
"Fikrimça, "qayta yuklaş" kabi atamalar bilan suiste'mol qilinmoqda. Qayta yuklab bölmaydi, tarixni öçirib yoki yangi sahifadan boşlab bölmaydi. Biz qanday sahifaga ega bölsak, öşandan boşlaymiz", deb aytdi Tillerson.
Tillersoning aytişiça, Rossiyaning AQŞdagi saylovlarga aralaşuvi "puxta hujjatlaştirilgan".
"Fikrimça, bizda AQŞ va Rossiya munosabatlarida hal qiliş kerak bölgan bir qator muhim masalalar bor. Ulardan biri – saylovlarga aralaşuv. Fikrimça, bu puxta hujjatlaştirilgan va biz bu yoki boşqa joydagi bu aralaşuvning tabiatini yaxşi tuşunamiz", deb aytdi Tillerson.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 2016 yil dekabr oxirida Rossiyaning "saylovlarga aralaşuvi" va Rossiyada işlovçi "amerikalik diplomatlarga bosim ötkazilgani" uçun Rossiyaning 9 ta muassasasi, jumladan, Federal xavfsizlik xizmati va Boş razvedka boşqarmasi, kompaniyalari va jismoniy şaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritgan. Şuningdek, AQŞda Rossiyaning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasi va Rossiyaning Vaşingtondagi elçixonasi "dala hovlilari" deb ataluvçi ikkita turar-joy majmualariga kiriş yopib qöyilgan. Bundan taşqari, AQŞda faoliyat olib boruvçi 35 nafar rossiyalik diplomat non-grata personasi deb topilib, AQŞdan çiqarib yuborilgan.
Rossiya esa uşbu ayblovlarni inkor qilib keladi.













