Internetda 8 karra Olimpiya çempioni, yamaykalik maşhur yengil atletikaçi Useyn Bolt özining köp yillik dösti, yöl-transport hodisasida halok bölgan Jyeremi Meyson uçun qabr kovlaşda şaxsan yordam berayotgani videosi paydo böldi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Yengil atletika böyiça Buyuk Britaniya jamoasi a'zosi, balandlikka sakraş böyiça Olimpiya sovrindori bölgan Meyson 20 aprelda mototsiklda yöl-transport hodisasiga uçrab, halok bölgan.
Meyson 34 yoşda bölgan. Bolt u bilan 2002 yildan beri döstlaşib kelgan.

Bleacher Report naşrining ma'lum qilişiça, Bolt dösti Yamayka poytaxti Kingstonda halok bölganidan xabar topgaç, voqea joyiga döstining yaqinlarini qöllab-quvvatlaş uçun yetib kelgan. Meyson 21 mayda dafn etiladi.
Meyson Yamaykada tuğilib, 2006 yilgaça şu davlat terma jamoasi uçun iştirok etib kelgan. U Pekindagi 2008 yilgi Olimpiada oldidan Buyuk Britaniya terma jamoasiga ötgan va balandlikka sakraş böyiça Olimpiya kumuş medalini qölga kiritgan.











