Yevropaning 13 mamlakatida A gepatiti avj oldi, kasallikning 674 ta holati qayd etilgan - bu bir oy avvalgiga nisbatan ikki karra köp. "Rospotrebnadzor" saytida şu haqida ma'lmuot berildi. 

"Yevropa mintaqasi mamlakatlarida A gepatiti bilan kasallanganlik körsatkiçlari oşib bormoqda. 2016 yilning iyunidan 2017 yilning 28 apreliga qadar A gepatitiga çalingan 674 kişi qayd qilingan, şulardan 631 holat - erkaklar orasida", - deyiladi xabarda. 

Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya va Şvetsiyada kasallik holatlari qayd etilgan.

"Rospotrebnadzor" Yevropa davlatlariga sayohat qilişni rejalaştirayotgan rossiyaliklarni uşbu ma'lumotni inobatga olişga çaqirdi. 

A gepatiti - iflos suv, qöllar va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuquvçi jigarning virusli kasalligi. Uning inkubatsiya davri - 7 kundan 50 kungaça, köpinça u 35 kundan iborat böladi.