Germaniya va Fransiya Yevropa ittifoqi uçun murakkab bölgan vaqtda qalin aloqada qoliş va hamjamiyat doirasida hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça yöl xaritasini işlab çiqiş niyatida. Bu haqda GFR kansleri Angela Merkel Berlin şahrida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bölib ötgan muzokaralardan söng ma'lum qildi.
"Bugun fikrlar almaşdik va juda qalin hamkorlik qilişga kelişib oldik, - dedi Merkel. – Germaniya-Fransiya munosabatlari muhimligini bilamiz, hamda men YeI uçun hozirgi juda qiyin bölib turgan vaqtda qabul qilingan töğri qarorlar uçun mas'uliyatni his etmoqdaman".
Uning sözlariga köra, uçraşuvda “YeIni örta muddatli istiqbolda rivojlantirişga oid yöl xaritasini işlab çiqiş” böyiça kelişuvga erişilgan. “Bular bir kunda paydo böladigan loyihalar emas, biroq bizning fikrimizça, hozirda nafaqat Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi bilan şuğullanişimiz kerak, balki birinçi navbatda, YeI va yevrohududni mustahkamlaş haqida öylaşimiz darkor”, - deya aniqlik kiritdi kansler.
Merkelning ma'lum qilişiça, Yevropa bitimlari özgarişini istisno etmayapti, ammo bularning bari Yevropa ittifoqi foydasiga işlaşi zarur. "Uşbu masalani muhokama qildik, - dedi u. – Germaniya nuqtai nazaridan, bitimlarning özgarişi ehtimoli bor, biroq bu ma'noga ega bölişi va yevrohududni mustahkamlaşga xizmat qilişi kerak".
"Lekin avvalo biz nima qilişni istayotganimizni aniqlab olişimiz lozim, keyin esa, kerak bölsa özgartiriş kiritiş. Nima bölgan taqdirda ham men bunga tayyorman", - deya ta'kidlab ötdi kansler. Uning fikriça, YeI “butun dunyo özgarayotgan” paytda bir joyda turib qolişi kerak emas.
Öz navbatida, Makron Yevropa ittifoqida islohot ötkaziş kerakligini tasdiqlagan. "Bizga byurokratik tösiqlarsiz Yevropa kerak, u öz fuqarolarini yaxşiroq himoya qilişi lozim", - dedi u.
Fransiya prezidentining ta'kidlaşiça, "Yevropasiz tinçlik, farovonlik va erkinlik bölmaydi". "Biz institutlarni isloh qiliş va yangi kelişuvlarga tayyormiz", - deya ma'lum qildi Makron. Şuningdek, uning qayd etişiça, nafaqat Yevropa ittifoqida, balki yevrohududda ham tub özgarişlarni amalga oşiriş kerak.
Bundan taşqari Fransiya prezidenti Germaniyaga “töğridan-töğri, oçiq va konstruktiv şerik” bölişga va'da berdi. "Biz demokratik Yevropa ittifoqi yölidan ketişimiz kerak", - dedi Makron.
Fransiyaning yangi prezidenti öz davlatida yaqin vaqt içida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar ötkazişi haqida ham bong urdi. "Fransiya – ommaviy işsizlik muammosini hal etmagan yagona davlat. Biz çuqur islohotlarga muhtojmiz, ular yaqin orada ötkaziladi", - deya ta'kidlab ötdi u.












