Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uçraşuv oldidan qanday musiqani ijro etişni bilmayotganini tan oldi. Putin buni "Bir makon – bir yöl" forumi doirasida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv oldidan royalda musiqa ijro etişiga matbuot tomondan katta qiziqiş bildirgandan keyin tan oldi.
"Fikrimça, oldin Tramp bilan uçraşib, suhbatlaşib va uning natijalariga köra musiqa tanlaş kerak", deb javob bergan Putin.
Putinning aytişiça, u Tszinpin bilan uçraşuv oldidan royalda musiqa ijro etgani namoyiş qilinişini bilmagan. U bu tasvir şaxsiy arxiv uçun olinmoqda, deb öylagan.
"Öylaymanki, sizni uyaltirib qöymadim. Men musiqa ijro etdim, deb ayta olmayman, men şunçaki xitoylik döstimiz va hamkorimizni kutiş vaqtida 2-3 ta barmoğim bilan klavişlarni bosib ötirgandim. Royal sozlanmaganidan juda ham afsuslandim. Bu royalda ikkita barmoği bilan öynaydigan mendek odam uçun ham musiqa ijro etiş juda murakkablik qildi ", deb aytdi Putin.












