Telegram messenjeri özining kompyuterlarga möljallangan versiyasida foydalanuvçilar uçun ovozli qönğiroqlar funksiyasini işga tuşirdi. Yangi funksiya dasturning Windows, macOS va Linux operatsion tizimlaridagi versiyalarida joriy qilindi, deb xabar bermoqda vc.ru naşri.

Telegram’ning yangilanmasiga berilgan ta'rifda messenjer yordamida qönğiroqlarni amalga oşiriş "sun'iy ong yordamida muntazam takomillaştirib borilişi" aytilgan. Qönğiroqlar xavfsizligini dasturning mobil versiyalaridagi şifrlaş tizimi (jumladan emozilar ketma-ketligi orqali ulaniş xavfsizligini tekşiriş) kafolatlaydi. 

Telegram’ning yangilangan versiyasida ovozli qönğiroqlardan taşqari, emozi, stiker va animatsiyalaştirilgan GIF-tasvirlarga ega yon panel joriy qilindi. Panelni messenjerni butun ekranga yoygan holdagi körinişida faollaştiriş mumkin. .

Telegram yangilanmasi çatlar ma'murlariga foydalanuvçilar xabarlarini öçiriş, superguruhlar (5 minggaça iştirokçiga ega guruhlar) egalariga foydalanuvçilarning "qora röyxatini" boşqariş imkoniyatini berdi.

12 may kuni Telegram dasturçilari kompyuterlar uçun möljallangan dasturning alfa-versiyasi foydalanuvçilari uçun sinov rejimida ovozli qönğiroqlarni işga tuşirişgandi. 30 mart kuni şifrlangan qönğiroqlar messenjerning mobil versiyasi foydalanuvçilari uçun joriy qilingandi.