Jahon | 17:01 / 16.05.2017
30003
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘ta maxfiy ma'lumotlarni Rossiya bilan bo‘lishgani rost ekanini tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan IShID haqidagi ma'lumotlar almashgani rost ekanini ta'kidladi.

Avvalroq Oq uy Trampning Sergey Lavrovga AQSh razvedkasi tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlarni yetkazgani haqidagi xabarlarni uydirma deb atagan edi.

«Prezident sifatida Rossiya bilan harbiy aviaparvozlar xavfsizligi uchun terrorizm haqidagi ma'lumotlarni baham ko‘rishni istadim. Chunki bunga to‘la haqliman. Men Rossiya IShIDga qarshi kurashni samarali olib borishini xohlayman»,- deb yozadi Tramp o‘zining tvitterdagi mikroblogida.

15 may kuni The Washington Post o‘zining Oq uydagi anonim manbasiga asoslanib Tramp Lavrovga o‘ta maxfiy razvedka ma'lumotlarini berganini yozgandi. Biroq AQSh rasmiylari bu uydirma ekanini ta'kidlashgandi. Demokratlar esa agar bu gap rost bo‘lsa, bu AQSh razvedkasining mag‘lubiyati ekanini aytishgandi.

OAV Tramp Lavrovga maxfiy axborotlarni bergani haqida yozdi, demokratlar g‘azabga keldi

Ta'kidlash joiz, AQSh aholisining katta qismi Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari borasida total tekshiruv o‘tkazish kerak ekanini ta'kidlab keladi. Demokratlar vakillari Hillari Klinton saylovlarda mag‘lub bo‘lgach, Tramp Rossiya va xususan Vladimir Putin yordamida saylovlarda g‘alaba qozonganini aytib kelishadi. Biroq Tramp buni rad etib, maqsadi «Amerikani yana avvalgiday buyuk qilish» ekanini qaytaradi. U saylovoldi uchrashuvlardan birida Klintonga hadeb Rossiyani qoralashdan ko‘ra, AQShdagi hayotni yaxshilash haqida o‘ylash lozimligini aytgan edi.

Mavzuga oid